
To'rtliklar
Kim o’qisa Qur’onni,
Gapirmasa yolg’onni,
Yaxshi ko’radi,Olloh
La ilaha illalloh.
Dilda oliy niyatdir-
Gunohlardan hijratdir.
Insha Olloh borguchi
Vatanimiz Jannatdir!
Kimki gapirsa yolg’on,
Bo’lmasa unda iymon,
Unga do’zax kifoya!
Keyin qilar pushaymon
Bilmaymiz nedir aldam,
To’g’rilik bizga hamdam.
Haq so’zdan qaytmagaymiz
Boshga qilich kelsa ham!
Mo’minning hayoti ezgulik – iymon
Kofirning hayoti faqat oshu-non.
Hayotning mazmunin anglab yetmasa
Hayvondan nima farq qiladi inson?!
Qara ey oqil inson!
Kimniki yeru-osmon?
Kim yaratdi ularni?
Bormi ularda nuqson?
Halol toyyib taomlar
Pok libosu-anjomlar,
Shukrin ado etaylik!
Allohdan bu – in’omlar.
Alloh pokdir, undan o’zga iloh yo’q,
Unga mushrik bo’lmoqdan zo’r gunoh yo’q,
Unga mushrik bo’lgandan zo’r gumroh yo’q
Bu ishlarda Undan o’zga panoh yo’q




