Алвидо устоз, алвидо Ҳазрат!

1 3 606

Ҳурматли сайт ходимлари, мана Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратлари вафотларидан бир неча кун ўтган бўлса ҳам, уларни эслашим билан кўзимга ёш келади. Ҳатто бугун islom.uz сайтига жойланган янги икки маколанинг тагидаги ҳазратнинг исмларидан кейин қавс ичидаги «раҳимаҳуллоҳ»ни кўришим билан  қалбимда оғриқ пайдо бўлди.

Мусибат оғир бўлди, албатта. Мен устоз билан яқиндан таниш ҳам эмасдим. Уларни фақат масжидларда маъруза қилишга борганларида кўрардим, холос. Ҳатто қўл бериб кўришмаганман. Асосан уларнинг  китобларини ўқиб илм олардим. Уларни шу сабабли ўзимга устоз деб билардим. Ҳазратни Аллоҳ учун яхши кўрардим.

Сайт орқали қилаётган ишларидан бохабар бўлиб турардим. Бир неча бор уйларига зиёратга боргим келардию, бир нарса тўсарди. Менга ажратадиган вақтларини ундан кўра, керакли илм олишгами ёки илм қолдиришга ажратганлари маъқул деб ўйлардим. Шу сабабли вақтларини ўғирламай деб сайтга ҳам кўп савол йўлламасдим. Ундан кўра саволларимга китобларидан жавоб қидирардим. Лекин бугун барибир армон бўлиб қолди. Бориб дуоларини олсам яхши бўлармиди деб ўйлаб қоламан. Биз мухлисларга бу мусибат шунчалик оғир келган экан, сиздек яқинларига ундан-да оғирлиги аниқ. Шу муносабат билан сайт ходимларига, оила азоларига, шогирдларига ва Шайхнинг яқин инсонларига чуқур таъзия изҳор қиламан. Ҳаммамизга Аллоҳдан сабр сўраб қоламан. Жойлари жаннатдан бўлсин.

Акмал

Баҳам кўринг

1 комментарий

  1. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad
    Yusuf hazratlarining xotiralariga

    Og’ir bo’ldi, qiyin bo’ldi,
    Zulmat oldi dunyoni.
    Bugun bizni tashlab ketdi,
    Do’sti, Rasulullohni.
    ***
    Kimlar yurgan dunyoda,
    Shayximga joy yo’qmidi?
    Bemahalda, obketgan,
    Ajal daydi o’qmidi?
    ***
    Payg’ambarim ketdilar bizdan,
    Chahoryorlar, qolmadi.
    Olib ilm ustinin,
    Yerning nafsi qonmadi.
    ***
    Robim siylab bu vatanni,
    Avliyolar bergandi.
    Abu dovud, Termiziy, Nasafiy,
    Ham Buxoriyla qo’lladi.
    ***
    Berganingda quvondim,
    Yo’qotganim og’riqdir.
    Sabr qildim, ko’nmadim,
    Olgan Robbim Xoliqdir.
    ***
    Shuncha bo’lgan yo’qotish,
    Ey ahli islom, kammidi?
    Shayxni ko’mgan ey xalqim,
    Bu kunlar ham bormidi?
    ***
    Yig’la endi ey mo’min,
    Ko’r ko’zlaring ochilsin!
    Bu katta judolikdan,
    Dunyolarni yosh ko’msin.
    ***
    Ey mo’min! yig’lamaysanmi,
    Kimni berib qo’ydik, kimni yo’qotdik.
    Alamdan bo’riday, uvlamaysanmi,
    Ilmu jahon, Shayxni yo’qotdik.
    ***
    Bir zot edilar, ilmda ummon,
    Ilmga qonmagan, ko’ngillar qaqshar.
    Bugun mo’minlar, yomonam yondi,
    Diydorni qildilar, belgili mahshar.
    ***
    Bir zot edilar, ko’rsa ko’rgulik,
    Bir zot edilar, o’rnak bo’lgulik.
    Sizni berib qo’ydik, Sizni yo’qotdik,
    Bu qanday judolik, qanday ko’rgulik…
    ***
    «Hadis va hayot»dan olganlarim ko’p,
    Lekin ilmga to’yolganim yo’q.
    Bu ulug’ zot endi, oramizda yo’q,
    Ey ahli iymon, yig’lamaysannmi?
    ***
    Shayx bilan birga, ilmda o’ldik,
    To yo’qotguncha, g’aflatda bo’ldik.
    Eng alamlisi, o’zimiz ko’mdik,
    Ey ahli islom, yig’lamaysannmi.
    ***
    Ul zotsiz ko’ngilni, vahima bosar,
    Islomni bulg’amasmi, ilmsiz nokaslar.
    Qo’rqaman, qo’rqaman ko’zimda yoshlar,
    Ey ahli ilm, yig’lamaysannmi.
    ***
    Olimni yo’qotdik, Pirni yo’qotdik,
    Islomni gullatgan, gulni yo’qotdik.
    Shunchalar diydasi, ko’ngli tosh qotdik,
    Ey ahli iqror, yig’lamaysannmi.
    ***
    O’lim asli, nasihatdir,
    Mening ko’nglim, ko’z ochdi.
    Shundayin Zotlarga, vafo qilmagan,
    Dunyo kimga, qo’llarin ochdi?
    ***
    Ey ahli ummat, ko’zlaring och,
    Bundanda og’irroq, qanday kuning bor.
    Bir muhaddis, musaffir, mujtahid olim,
    O’tib ketdi, bizni aylab zor.
    ***
    Yozilmagan kitoblar qoldi,
    Aytilmagan imdodlar qoldi.
    Har kuningda, turli ixtilof,
    Sag’ir ilmi toliblar qoldi.
    ***
    Sog’indim Shayxim, bir kun ham o’tmay,
    Ichikkan ko’ngil, hasta ham bo’ldi.
    Mendan sizga atalgan savol,
    Javobsiz o’ldi kafansiz o’ldi.
    ***
    Chirog’im ketdida, ilmim padari,
    Yetim ilmim bilan, qayga boraman.
    Yaxshiga kun yo’q ekan, taassuf,
    Yonamanda, shunga yonaman.
    ***
    Cho’ponsiz, qo’ylarni bo’ri talarkan,
    Endi kim qoldi, bizni qo’rg’agan.
    Nodir kitoblar-u, chuqur ilmla,
    Qo’l ketdimi, bizni qo’llagan.
    ***
    Bir kun ham o’tmadi, bo’lmadi bir kun,
    Ul zot bog’ini, taladi quzg’un.
    Qo’rqaman, sizsiz ilmim ham, yupun,
    Ey ahli Qur’on, yig’lamaysannmi.
    ***
    Ul quzg’unlar, shaytonning quli,
    Zulmatdan chiqqan, zulmatga boshlar yo’li.
    Jaholatni tug’dimi kuni,
    Ey ahli islom, o’ylamaysanmi.
    ***
    Shundoq ham ko’p edi, talofatlarim,
    Iymonim talagan och ofatlarim,
    Ko’ngilni tark etdi, halovatlarim,
    Ey ahli murid, yig’lamaysanmi.
    ***
    Yo Rabbiy, ne qilay o’zing yo’l ko’rsat,
    Shayximsiz, bu yetim, qalbimni yupat.
    Hali ham kutyabman vo ajab, hayrat,
    Ey ahli iymon, yig’lamaysannmi?
    ***
    Bu musibatda O’zing ber nusrat,
    Bunchalar g’am bo’ldi, bunchalar hasrat.
    Alamarim bilmaydi, adad,
    Shayximdan jannatni ayamaysan-mi?

    http://www.al-Beruniy.uz sayti ijodkorlari, Ro’zali
    Qurbonov hamda Fazliddin Beknazarov she’ri.

Leave A Reply